O‘simliklarning hayotiy shakllari

0

O‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi.

Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.

Daraxtlar – tanasi yog‘ochlashgan, asosan, bitta yo‘g‘on tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklardir. Bular guli, mevasi, poyasining eni, bo‘yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shox- shabbasi yoyiq; qarag‘ay va terakniki g‘uj va tik; shamshod va sadaqayrag‘ochniki shar- simon bo‘ladi (8-rasm).

Daraxt: sadaqayrag‘och.
8-rasm. Daraxt: sadaqayrag‘och.

Daraxtlar oz yoki ko‘p yil yashashiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Masalan, Afrikada o‘sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa, sarv 1000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o‘rik va yong‘oq 70-100 yil yashashi mumkin.

Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir- biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo‘lgan va tog‘larning shimoliy yonbag‘irlarida o‘sadigan daraxtlar janubiy yonbag‘irlarida o‘sadigan daraxtlardan shox- shabbasining ko‘pligi, kengligi va balandligi bilan farq qiladi. Tog‘larning o‘rta qismidagi archa bo‘ydor bo‘lib o‘ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko‘tariladi, xolos. Bu hol o‘simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.

Daraxtlar orasida saksovulga o‘xshagan nihoyatda mayda bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho‘llarda, qumlarda o‘sadigan ajoyib turlari ham bor.

Buta: zirk
9-rasm. Buta: zirk

Butalar – poyasi yog‘ochl ashgan, bo‘yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko‘p yillik o‘simlik (9-rasm). Bularga, ayniqsa, tog‘lar yonbag‘rida keng tarqalgan irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o‘simliklarni misol qilib kel tirish mumkin.

Yarimbutalar poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqal gan yem-xashak o‘simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shul ar jumlasidandir (10-rasm).

 Yarimbuta: shuvoq.
10-rasm. Yarimbuta: shuvoq.

Ko‘p yillik o‘tlar – yer usti qismi qishda qurib, o‘sish kur- taklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi. Ko‘p yillik o‘tlar, ayniqsa, tog‘larda keng tarqalgan.

Ikki yillik o‘tlar – urug‘dan ko‘karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, barg (to‘p- barg) hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘pl aydigan o‘simliklar. Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg‘om, sigirquyruq va boshqalar kiradi.

Bir yillik o‘tlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir yil ichida o‘sadi, gullaydi va meva (urug‘) tugib, o‘z hayotini tugatadi (13 -rasm).

13-rasm. Bir yillik o‘t: jag‘-jag‘.

O‘zbekistonda uchraydigan o‘simliklarning yarmidan ko‘p- rog‘ini bir yillik o‘simliklar tashkil etadi. Ularga oq sho‘ra, jag‘-jag‘, machin, qora ituzum, baliqko‘z va boshqalar kiradi.

Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklarning juda ko‘pchiligi bir yillik o‘simliklardir. Bularga g‘o‘za, bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o‘tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko‘tarilib o‘sadigan momaqaldirmoq, qo‘ytikan kabi- larni, bo‘yi 1 m ga yetadigan va, hatto, undan ham oshadi- gan kanakunjut, makkajo‘xori hamda kanopga o‘xshash o‘simliklarni ham ko‘plab uchratish mumkin.

Shunday qilib, gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, ko‘p yillik, ikki va bir yillik o‘t- lardan tashkil topgan.


  1. Daraxtlar, butalar, yarimbutalar ko‘p yillik o‘tlardan nimasi bilan farq qiladi?
  2. Yarimbutalarga xos qanday belgilarni bilasiz?
  3. Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan bir yillik o‘sim- liklarga misol keltiring. Ularni madaniy o‘simlik deyish mumkinmi? Nima uchun?
  4. Daraxtlar necha yilgacha yashashi mumkin?
  5. Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi?
Previous articleGulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish
Next articleKuz faslida o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlar