Shahrisabz shahri haqida. Шаҳрисабз шаҳри ҳақида. Шахрисабз шахри хакида.
Shahrisabz hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tumanining markazidir. Shahar o‘tmishda Kesh nomi bilan atalgan. Yam-yashil bog‘lar va ko‘zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari bilan kishilarni maftun etganligi uchun Shahrisabz (yashil shahar) nomi berilgan. Bu shaharga yaqin Xoja Ilg‘or qishlog‘ida buyuk bobomiz Amir Temur tug‘ilgan. Amir Temur davlatiga kelgan Ispaniya qirolligi elchisi Klavixo o‘z esdaliklarida shaharda ko‘plab mahobatli binolar va masjidlar qurilganligini, ularning eng mashhuri Oqsaroy ekanligini qayd etgan.
Afsuski bu mahobatli va go‘zal Oqsaroy yodgorligi to‘la saqlanib qolmagan. Shunday boTsa-da Mustaqillik yillarida saroyda katta ta’mirlash ishlari oTib borildi.

1996-yilda Shahrisabz Amir Temur bobomiz tavalludining 660 yilligi munosabati bilan «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi. Shaharda buyuk bobomizning mahobatli haykali o‘rnatildi. 2002-yilda shaharning 2700 yilligi nishonlandi va Shahrisabz «Jahon madaniyati merosi» ro‘yxatiga kiritildi.