Nordon tuzlar nomeklaturasi va olinishi

0

  Nordon tuzlar – kislota molekulasidagi vodorod atomlari metall bilan qisman almashinganda hosil bo‘lib, metall atomi, vodorod va kislota qoldig‘idan iborat bo‘ladi. Masalan: Ca(HCO3)2, NaHCO3, Cu(HSO4)2,  KHS,  Ba(HSO3)2, NaHSO4, LiHSO4, Mg(HCO3)2 va hokazo. Nordon tuzlarni nomlash: metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga molekulada bitta vodorod bo‘lsa ―gidro so‘zi, ikkita vodorod bo‘lsa ―digidro   so‘zi va kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: Ca(HCO3)2 – kalg‘tsiy gidrokarbonat, NaHCO3 – natriy gidrokarbonat, Cu(HSO4)2 – mis (II) gidrosulfat, Fe(H2PO4)2 – temir (II) digidrofosfat, KHS – kaliy gidrosulfid, Li2HPO4 – litiygidrofosfat, Ba(HSO3)2 – bariy gidrosulfit, Ca(H2PO4)2 – kaltsiy digidrofosfat va h.k.

Nordon tuzlar suvdagi eritmalarida ikki boskichda (metall xamda vodorod) kation va bitta (kislota qoldig‘i) anion xosil qilish bilan dissotsilanadi: Nordon tuzlar suvdagi eritmalarida ikki bosqichda disotsilanadi:

NaНCO3  =   Na + + НCO3

НCO3   =  Н+ + CO32- Nordon  tuzlardagi  vodorod  metal  atomlariga o‘rin bera oladi, natijada, normal tuzlar hosil bo‘ladi:

NaНCO3 + NaOН = Na2CO3 + H2O

NaНSO4 + NaOН = Na2SO4 + H2O

Nordon  tuzlar  qizdirilganda  o‘zidan  suv  ajratib   chiqaradi  va  normal  tuzga  o‘tadi:

Ca(HCO2)3   =  CaCO3 + H2O + CO2 (qizdirilganda)

Mg(HCO3)2    =  MgCO3 + H2O + CO2 (qizdirilganda)

Olinish  usullari:  1.Kislotalarga  kam  miqdorda  ishqor  qo‘shish  bilan nordon  tuz  hosil  qilish  mumkin:

H2SO4 + KOH = KHSO4 +H2O

  1. Tuzlarga oz miqdorda  kislota  qo‘shib  nordon  tuz  hosil  qilish  mumkin:

Ca3(PO4)2 + H3PO4 = 3CaHPO4

Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2

3.Asoslarga  mo‘l  miqdorda  kislotali  oksid  ta‘sir  qilib  ham  nordon  tuz hosil  qilinadi:

NaOH + CO2 = NaHCO3  

Ba(OH)2 + 2CO2 = Ba(HCO3)2

  1. Bir valentli metal   bilan  ikki  asosli  kislota  qoldig‘idan  hosil  bo‘lgan tuzlarni  gidrolizga  uchratish  yo‘li  bilan  ham  nordon  tuzlar  olish  mumkin:

K2CO3 + H2O   =   KHCO3 + KOH

Na2S + H2O   =    NaHS + NaO

Tuzlar haqida qisqacha ma’lumot

Previous articleO’rta (normal) tuzlar nomenklaturasi va olinishi
Next articleAsosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi