Nutq a’zolari – Нутқ аъзолари

0

Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi.

Nutq a’zolariga o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, til, lablar, tishlar va burun bo‘shlig‘i kiradi.

Qaysi nutq a’zosi ishtirok etishiga ko‘ra nutq tovushlari: lab (b, p, m, v, f), til oldi (t, l, s, z, d, sh, ch, j, dj, n, r), til o‘rta (y), til orqa (g, k, ng), chuqur til orqa (q, g, x) tovushlari va bo‘g‘iz (h) tovushi singari guruhlarga bo‘linadi.

Nutq a’zolari:

  1. O‘pka
  2. Tog‘aylar
  3. Un paychalari
  4. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i
  5. Og‘iz bo‘shlig‘i
  6. Burun bo‘shlig‘i
  7. Til
  8. Lablar
  9. Tishlar

352-mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Nutq tovushlarini hosil qilishda til qanday o‘rin tutadi? Shu haqda bahslashing.

1. Til yugurigi boshga. 2. Til qilichdan o‘tkir. 3. Boshga balo nedan kelur? – Ikki enlik tildan kelur. 4. Fil kuchli, fildan ham til kuchli. 5. Baxtli qiladigan ham til, baxtsiz qiladigan ham til.

353-mashq. Tagiga chizilgan so‘zlardagi tovushlarni hosil qilishda qaysi nutq a’zolari faol qatnashayotganini toping, ularga izoh bering.

Javohir darsga kelayotib, adashib qolgan bir cholni ko‘rib qoldi. Chol undan manzilga yetkazib qo‘yishni so‘radi. Javohir cholga yordam berib, darsga kech qoldi. Aytinglar-chi, u to‘g‘ri ish qildimi? Shu haqda bahs yuriting.


Savol va topshiriqlar

  1. Nutq a’zolari deganda nimani tushunasiz va ularga nimalar kiradi?
  2. Nutq a’zolari ishtirokiga ko‘ra nutq tovushlari qanday turlargabo‘linadi?
Previous articleUndosh tovushlar – Ундош товушлар
Next articleLab tovushlari – Лаб товушлари