Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi

0

Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi. Нутқ товушларининг маъно фарқлаш вазифаси.


Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir.

371-mashq. Tagiga chizilgan so‘zlarda qaysi tovushlar ma’noni farqlash uchun xizmat qilayotganini ayting.

1. Xush kelibsiz, mehmonlar O‘zbekning diyoriga, xalqimizning quchog‘i ochiq do‘st-u yoriga (Miraziz Azam) 2.Mevasini ko‘tarolmagan shox qarsillab sindi. 3. Navoiyning g‘azallaridan birini yod oldim. 4. O‘rtog‘idan hol-ahvol so‘ragani kirdi.

372-mashq. Mato, fol, qoy, mis, pok, mot so‘zlarini o‘ngdan chapga qarab o‘qing, shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.


Savol va topshiriqlar

  1. Nutq tovushlari qanday vazifani bajaradi?
  2. Qol, qor, qoch, qot so‘zlarining ma’nolarini farqlashda xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang.
Previous articleBo‘g‘iz tovushi – Бўғиз товуши
Next articleO‘zbek alifbosi – Ўзбeк алифбоси