Yuklama (Yordamchi so‘zlar)

0

Yuklama (Yordamchi so‘zlar). Yuklama (Yordamchi suzlar). Ayrim gap bo‘lagi yoki butun gapning mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga yuklama deyiladi.

Yuklamalar so‘z-yuklamalar va qo‘shimcha-yuklamalarga bo‘linadi. So‘z-yuklamalar o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan doimo ajratib yoziladi. Qo‘shimcha-yuklamalar esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zga qo‘shib yoki undan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. -mi, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina) yuklamalari o‘zi qo‘shilayotgan so‘zga qo‘shib yoziladi. Masalan: Keldimi? Senmi? Keliboq, kelsayoq, sengina kabi. -chi, -u(-yu), -a(-ya), -da  yuklamalari o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Sen-chi? Ayt-chi? Keldi-yu, ketdi. Borgin-a?

Fe’l zamonlari. Shaxs-son qo‘shimchalari

Previous articleYordamchi so‘zlar. Bog‘lovchilar. Ko‘makchilar
Next articleFutbolning umumiy tavsifi (Futbol)