Ildizlar shakli va o‘lchami jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. O‘simliklarning turiga, tuproq-iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo‘g‘on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo‘ladi.
Ayrim daraxtlarning ildizi 50-60 m gacha yetishi mumkin. Masalan, yong‘oqning yon ildizlari atrofga20-30 m gacha tarqaladi. Qumda o‘sadigan juzg‘unning ildizlari juda uzun va ingichka bo‘lib, asosan yon tomonga qarab o‘sadi. Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon o‘sib, 30 m gacha chuqur kirib boradi.
Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlar- ga bo‘linadi. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi.
Bir tup o‘simlikdagi asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlar yig‘indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o‘lchami va tuzilishi o‘simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo‘shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko‘ra: o‘q ildiz va popuk ildizga bo‘linadi (26-rasm).

Murtakdagi boshlang‘ich ildiz ri- vojlanishi jarayonida o‘sishda davom etsa, undan o‘q ildiz tizimi hosil bo‘ladi. Bunday moslashish ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simliklarga xos.
O‘q ildiz tizimi uzun va yo‘g‘onroq bo‘lib, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug‘pallali o‘sim- liklarga xos bo‘lib, uni do‘lana, na’matak, saksovul va madaniy o‘simliklar (olma, o‘rik, nok, qovun, tarvuz, g‘o‘za, no‘xat, loviya, mosh va terak kabilar) misolida ko‘rish mumkin.
Endi ikki urug‘pallali o‘simliklarga mansub g‘o‘zaning ildiz tizimi bilan tanishamiz. Chigitning murtakdagi ildizcha- sidan dastlab asosiy ildiz o‘sib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, undan ko‘plab yon ildizlar o‘sib chiqa boshlaydi. O‘z navba- tida, yon ildizlardan yanada maydaroq yon ildizchalar rivoj- lanadi. Natijada asosiy va yon ildizlar o‘sib va ko‘payib ildiz tizimini hosil qiladi. Ildizlar orasida uning yo‘g‘on va uzun, yerga tik kirib boradigan qismi ajralib turadi.
Ildizlarning shakl o‘zgarishlari (metamorfozi). Ildizlar bajaradigan vazifalariga qarab turlicha shakllarda bo‘ladi. Bunday ildizlar shakli o‘zgargan, ya’ni metamorfozlashgan ildizlar deyiladi. Bularga qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg‘om va boshqalar misol bo‘ladi. Bu ildizlar ovqatga ishlatilgan I igi uchun ular ildizme- valar deyiladi (27-rasm). Agar mur- takdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda davom etmasa, u holda boshlang‘ich poyada qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘ladi. Bu popuk ildiz tizimini hosil qiluvchi bir urug‘pallali o‘simliklarga xos.

Popuk ildiz tizimi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir to‘da mayda ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yax- shi rivojI anmaydi. Bunday ildizlar asosan bir urug‘paillali o‘simliklarda uchraydi.
Bir urug‘pallalilardan bug‘doyning ildiz tizimi tuzilishini ko‘ ribchiqamiz. Bug’doyning murtak- dagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz rivojlanadi va oradan ko‘p o‘tmay u nobud bo‘ladi. Shundan keyin murtak- dagi poyacha asosidan bir to‘da mayda, bir-biriga o‘xshash qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqadi.
Poyani ng yergayaqi n qi smi dan yoki yerga tegi b turgan j oy i dan o‘ si b chi qadigan ildizlar qo‘shimcha ildiz tizimi- ni hosil qiladi. Bunga makkajo‘xori, kartoshka, ajriq, qul upnay kabi o‘ si ml i kl arni ng i l dizl ari mi sol bo‘ladi.
Demak, ildizlar tuzilishiga ko‘ ra, asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi. Shuningdek, o‘q va popuk ildiz tizimlari ajratiladi.
- O‘simlik organizmi qanday organlardan tashkil topgan?
- Ildiz tuzilishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
- Ildiz tizimi deb nimaga aytiladi?